Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida oʻquvchilar, talabalar va otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi.
2025-12-11 14:25:00 / Yangiliklar
“Yongʻin xavfsizligi oyligi” va “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida ishtirokchilarga qish mavsumida is gazidan zaharlanish va yongʻinlarni oldini olish boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, boshqarma faoliyati hamda tizimda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati yuzasidan ham tushuntirishlar berib oʻtildi.

Shu bilan birga, yoshlar boshqarmada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Ular bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, favqulodda vaziyatlar sohasiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan maʼlumotlar berildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar qutqaruvchilarning maxsus asbob-anjomlari, ularning amaliy mashgʻulotlari hamda yongʻin-qutqaruv texnikalari bilan ham yaqindan tanishdilar.





