“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
2025-12-06 11:45:00 / Yangiliklar

Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi raisi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Asqar Gafurov, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktor o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Abdumannob Tulyaganov, shuningdek Akademiya, fanlar akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, Milliy markaz huzuridagi Ilmiy-metodik kengash va boshqa davlat tashkilotlari vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari, vazirlik va idoralarning yuridik xizmat xodimlari, FVV Akademiyasi professor-oʻqituvchilari, harbiy xizmatchilari, kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi ustuvor o‘rni, inson qadrini ulug‘lash va huquqiy demokratik jamiyat barpo etishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi
Shundan so‘ng akademik Akmal Saidov tomonidan “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi” darsligi taqdimoti o‘tkazildi. Ustoz mazkur darslikning bugungi kunda naqadar ahamiyatli ahamiyatli ekanligini taʼkidlab, Konstitutsiya tahriridagi huquqiy normalar, inson manfaatlarini ta’minlashdagi yondashuvlar, ochiq va javobgar davlat boshqaruvi bo‘yicha batafsil maʼlumot berib oʻtdilar.
Tadbir doirasida xizmat faoliyatida yuqori natija ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar, shuningdek ilmiy va o‘quv jarayoniga salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar tantanali ravishda "Aʼlo xizmatlari" uchun koʻkrak nishoni, tashakkurnoma va minnatdorchilik hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.




