"Qamchiq" dovonidagi vaziyat
2025-12-05 10:15:00 / Yangiliklar
Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonining yuqori nuqtalarida maydalab yomgʻir va qor yogʻishda davom etmoqda.
Kuni kecha dovonda qor yogʻishi munosabat bilan yoʻllarda xavfsiz harakatni taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yoʻlda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam koʻrsatilmoqda. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.
💢Shu oʻrinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoʻl transport hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini koʻrishlarini soʻrab qoladi.
