Jasorat sinfi: Ilhom, bilim va g‘alaba ruhi yig‘ilgan kun
2025-12-04 17:55:00 / Yangiliklar
FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va Sirdaryo viloyati FVB tomonidan “Jasorat sinfi” oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari hamda sport musobaqalari oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi bayrami munosabati bilan tashkil etilagan ushbu tadbirda yoshlar vazirlik faoliyati, zamonaviy loyihalar asosida barpo etilgan xizmat binolari, maʼmuriy boʻlinmalar, yotoqxonalar, oʻquv auditoriyalari, maʼnaviyat va maʼrifat xonalari, sport zallari hamda shaxsiy tarkib uchun yaratilgan keng sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, sport musobaqalarida jamoalar 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashib, jismoniy iqtidorlarini namoyon etdilar.
Yakunda faol yoshlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.





