Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati, hududiy bosh boshqarmalari, boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar tashkil etildi
2025-12-04 16:55:00 / Yangiliklar

Tadbirlarda, shaxsiy tarkib orasida korrupsion holatlarning oldini olish, tartib-intizomni mustahkamlash, intizom buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish borasida so‘z yuritildi.
Yakunda mavzuga oid “Nadomat” nomli video film namoyish etilib, unda keltirilgan real hayotiy misollar orqali korrupsiya oqibatlari va unga qarshi kurashning ahamiyati yana bir bor yoritib berildi.









