Hududlarda "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi
2025-12-04 14:05:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirlar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Zakovat intellektual klubi hamkorligida tashkil etildi. Mazkur o‘yin xodimlarning mantiqiy fikrlashi, aql-zakovati va bilim salohiyatini rivojlantirish, shuningdek ijodiy faolligini oshirishga qaratildi. Bellashuvlarda jamoalar g‘oliblik uchun qizg‘in bahs olib bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan tadbirda:
🥇 1-o‘rin — Bekobod shahar jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Chirchiq shahar jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Angren shahar jamoasi.
Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan bellashuv yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇1-o‘rin – Zomin tumani jamoasi;
🥈2-o‘rin – Paxtakor tumani jamoasi;
🥉 3-o‘rin – Sharof Rashidov tumani jamoasi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.





