Ezgulik yo‘lida birlashaylik!
2025-12-04 11:55:00 / Yangiliklar
"3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan xayriya aksiyasida viloyat FVB boshlig‘i hamda harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etdi.

Tadbirda, yoshlar bilan samimiy muloqot o‘rnatilib, ularning ijodiy faoliyati yuqori baholandi. Jarayonda yoshlar tomonidan yaratilgan mo‘jaz san’at asarlari xayriya auksioniga chiqarilib, ijodkor yoshlar munosib rag‘batlantirildi.



