Ogohlik – xavfsiz hayot kafolati
2025-12-04 11:15:00 / Yangiliklar
Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

FVV va boshqa daxldor tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan ijtimoiy soha obyektlari, ta'lim muassasalari, bozorlar va boshqa obyektlarda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan profilaktik nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Unda, ishchi guruh a'zolari o‘zlarining yo‘nalishlari bo‘yicha obyektlarni o‘rganmoqda. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarning aksariyati joyida bartaraf etilishiga erishilmoqda. Joylarda olib borilayotgan bu kabi tadbirlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga xizmat qiladi.




