Vatanparvarlik, fidoyilik va masʼuliyat saboqlari
2025-12-04 09:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya — bosh qomusimiz" shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda faxriylar, tizimda xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlar, Jasorat maktabi o‘quvchilari hamda otaliqqa olingan yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida faxriylar oʻzining boy hayotiy tajribasi, bosib oʻtgan mashaqqatli, shu bilan birga sharafli yoʻllari haqida yoshlarga hikoya qilib, ularni Vatan xizmatiga sadoqat, matonat va masʼuliyat ruhida tarbiyalashga qaratilgan qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida faol boʻlgan, oʻz intilishi va namunali xulqi bilan safdoshlariga oʻrnak koʻrsatgan yoshlar boshqarma boshligʻining faxriy yorliqlari va badiiy-maʼrifiy kitoblar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbir doirasida yoshlarga favqulodda vaziyatlarda qoʻllaniladigan maxsus texnikalar namoyishi oʻtkazilib, ular bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar batafsil javoblar berdi.






