"Konstitutsiya — bosh qomusimiz" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari o‘tkazildi
2025-12-03 10:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya — bosh qomusimiz" shiori ostida Namangan va Qashqadaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar tizimda xizmat qilib kelayotgan xodimlar hamda otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida konstitutsiyaviy bilimlarni yanada mustahkamlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, Vatanga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsad qilingan.






