O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Andijon va Farg'ona viloyatlarida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari tashkil etildi
2025-12-02 09:45:00 / Yangiliklar

Tadbirlar tizimda xizmat qilib kelayotgan yoshlar hamda otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda, mas'ullar tomonidan yoshlarga hayotiy maslahatlar berildi. Shuningdek, konstitutsiyaviy bilimlarni yanada mustahkamlash, vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish bo‘yicha so‘z yuritildi. Yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar. Yakunda texnika namoyishi ham tashkil etilib, unda yoshlar qutqaruvchilarning maxsus asbob-anjomlari haqida tushunchaga ega bo‘lishdi.



