Farg‘ona viloyati FVB shaxsiy tarkibi o‘rtasida insholar tanlovi va "Zakovat" intellektual o‘yini bo’lib o’tdi
2025-11-29 12:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlab, "Konstitutsiya — bosh qomusimiz" shiori ostida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi hamkorligida harbiy xizmatchilar va xizmatchilar o‘rtasida insholar tanlovi hamda "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida konstitutsiyaviy bilimlarni yanada mustahkamlash, vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, shuningdek, ularning intellektual salohiyatini namoyish etishdan iborat.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar viloyat Kengashi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.



