Fuqaro muhofazasi institutida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
2025-11-29 10:35:00 / Yangiliklar

FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza kafedrasi tomonidan “Kuz-qish mavsumida botulizm, qutirish kasalliklari bilan kasallanish hamda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish va bartaraf etish: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Mirzo Ulug‘bek tumani Alisherobod MFY faollari, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi, institut professor o‘qituvchilari, magistratura hamda tinglovchilari ishtirok etdilar.
Seminarda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish masalalari muhokama qilindi.
Seminar qizg‘in savol va javoblarga boy tarzda o‘tdi.



