Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Yurakdagi izlar” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2025-11-28 18:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda vazirlik xodimlari, yozuvchi va shoirlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda adabiyot muxlislari ishtirok etdilar. "Yurakdagi izlar" avtobiografik asar hisoblanib, yozuvchining hayot yo‘lini aks ettiradi. Shu bilan birga, kitobdagi voqealar hech kimga begona bo‘lmay, har bir insonning ichki kechinmalarini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Asar sodda, ravon tilda yozilgan bo‘lib, undagi voqealar badiiy jihatdan jozibali tasvirlangan.
Taqdimotda muallif so‘zga chiqib, mazkur kitob yaratilishiga turtki bo‘lgan voqealar, unda yoritilgan inson qalbi, mehr-muhabbat, sabr, matonat tuyg‘ulariga to‘xtalib o‘tdi. Ishtirokchilarga kitobdan namunalar o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida, kitobxonlar tomonidan asarga yuqori baho berilib, kitob tom ma’noda yurakdan chiqqan samimiy so‘zlar bilan yozilganligi ta’kidlandi.
Yakunda muallif tomonidan asarning ilk nusxalari vazirlik kutubxonasiga taqdim etildi.




