Jizzax viloyati FVB tomonidan "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi" doirasida harbiy xizmatchilar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi
2025-11-28 18:05:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Jizzax garnizoni Yong‘in nazorati inspeksiyasi bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligiga qarashli Jizzax garnizonida joylashgan harbiy qismda "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi" doirasida harbiy xizmatchilar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga roiya qilish, is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, ovqatdan zaharlanish va bunday hodisalar yuzaga kelganda qanday to'g'ri harakat qilish bo'yicha tegishli tushuncha va tavsiyalar berildi. Harbiy xizmatchilarga soha mutaxassislari tomonidan maxsus qutqaruv texnikasi va asbob-anjomlar namoyishi o'tkazildi.






