Sirdaryo viloyatida "A'lochi xodim" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazilmoqda
2025-11-28 17:50:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyating Guliston shahrida "A'lochi xodim" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o'tkazilmoqda. 27-noyabr kuni start berilgan mazkur ko‘rik-tanlov, qura tashlash jarayoni bilan boshlanib, jamoa vakillariga ko‘rik-tanlov shartlari tanishtirib o‘tilgan. Ushbu tadbirda hududiy bosh boshqarma, boshqarmalar hamda tarkibiy tuzilmalarning jami 17 ta jamoalari ishtirok etib, jangovar, jismoniy va yong‘in-qutqaruv saf tayyorgarligi borasida nazariy va amaliy ko‘nikmalari bo‘yicha o‘zaro bellashmoqdalar.





