FVV Akademiyasi kursantlari sovrindorlar qatorida
2025-11-28 10:30:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 8-dekabr — "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni" bayrami munosabati bilan oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida Dron-racing, qo‘l jangi va funksional ko‘pkurash bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Musobaqalarda barcha oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalaridan 200 ga yaqin sportchi kursantlar gʻalaba qozonish uchun barcha yo‘nalishlarda faol ishtirok etdilar.
Mazkur keng qamrovli spartakiada musobaqalari yakuniy natijalariga koʻra, umumjamoa hisobida
Jamoat xavfsizligi universiteti vakillari 1-o‘rinni, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi jamoasi 2-oʻrinni hamda IIV Akademiyasi jamoasiga esa 3-oʻrinni egalladi.




