Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jizzax viloyati FVB xodimlari tomonidan Paxtakor tumani hududida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi
2025-11-27 15:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida boshqarma rahbariyati va Jizzax FVB, shahar va tuman FVB xodimlari tomonidan 500 dan ortiq turli manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda, mavjud yashil maydonlar parvarish qilinmoqda. Ushbu tashabbus yurtimizda yashil hududlarni kengaytirish, sog‘lom ekologik muhit yaratish hamda yosh avlodda tabiatga mehr tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qiladi.


