Sirdaryo viloyati FVB boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Guliston, Yangiyer shaharlari hamda Xovos tumanida energetika va kommunal soha tashkilotlarining kuz–qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
2025-11-27 13:00:00 / Yangiliklar
Nazorat tadbirlari davomida ijtimoiy soha obyektlari, iqtisodiyot tarmoqlari, energetika infratuzilmasi va ko‘p qavatli uy-joylar fondining barqaror ishlashi uchun zarur bo‘lgan maxsus texnika, uskunalar va materiallar zahiralari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, avariya-tiklash guruhlari faoliyati, murojaatlarni qabul qilish va bartaraf etish tizimi qayta ko‘rib chiqildi. Isitish mavsumi davomida xavfsiz ishlashni ta’minlash maqsadida mas’ullarga qo‘shimcha topshiriqlar va tegishli yo‘riqnomalar berildi.
Xovos tumanida gaz, elektr va suv ta’minoti xizmatlarining mavsumiy xavfsizlik choralarini amalga oshirish darajasi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga ogohlantirishlar berildi.









