Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
2025-11-26 16:20:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘i tomonidan Kitob tumani hamda Shahrisabz shahar va tumanida hokimlik shtabi, shuningdek kommunal xizmatlarning mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Elektr va gaz tarmoqlarining texnik holati, zaxira uskunalar, navbatchilik grafiklari hamda avariyalarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar batafsil o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Jarayon davomida aholiga qish mavsumida uzluksiz va xavfsiz xizmat ko‘rsatish muhimligi alohida ta’kidlandi.


