FVV Akademiyasi jamoasi qoʻl janggi musobaqasida sovrindorlar qatorida.
2025-11-26 15:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 24-25-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universitetida Oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida sportning “Qoʻl janggi” turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada mamlakatning qator harbiy taʼlim muassasalari qatorida FVV Akademiyasi terma jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniy natijalariga koʻra, Akademiya terma jamoasi umumiy hisobda faxrli 3-oʻrinni egalladi. Shuningdek, alohida vazn toifalari boʻyicha 3-batalyon kursanti Shukrullo Zokirov faxrli 3-oʻrinni, 2-batalyon kursanti Otabek Qilichov faxrli 2-oʻrinni 4-batalyon kursanti Suxrobbek Oʻsarov faxrli 2-oʻrinni, 5-batalyon kursanti Shoxnur Yoʻldoshev faxrli 1-oʻrinni egallashdi.
Sportchilarimizni ushbu yuksak natijalar bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi musobaqalarda ham ularga omad va yangi zafarlar tilaymiz.



