Xavfsizlik — har birimizning kundalik e’tiborimizda bo‘lishi shart!
2025-11-26 14:25:00 / Yangiliklar
Xorazm viloyati FVB tomonidan ijarada yashovchi talabalar turar joylarida keng qamrovli xavfsizlik targ‘iboti tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida xonadonlardagi isitish qozonlari va dudbo‘ronlarning texnik holati o‘rganilib, ularni muntazam tozalash hamda nosoz holatda foydalanmaslik bo‘yicha talabalarga tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalarga is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
