Davrlar davomiyati: Toshkent viloyatida uch avlodning samimiy suhbati tashkil etildi.
2025-11-26 09:35:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati FVB tomonidan navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Tadbirda Toshkent viloyati FVB boshligʻi, Chirchiq harbiy prokurori ishtirok etib, otaliqqa olingan yoshlar, yosh harbiy xizmatchilar, oʻrta avlod vakillari hamda faxriylar bilan oʻzaro samimiy muloqot olib bordilar.

Mazkur uchrashuvning maqsadi – ajdodlarimizning boy hayotiy tajribasi, oʻrta avlodning amaliy faoliyati va bugungi yoshlarning bunyodkor intilishlarini yagona maʼnaviy zanjir sifatida uygʻunlashtirish, yoshlar ongida vatanparvarlik, masʼuliyat hamda huquqiy madaniyatni yanada mustahkamlashdan iborat boʻldi.
Tadbir yakunida faol va tashabbuskor yoshlar rahbarlar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.


