Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani Qizil jar hududidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari
2025-11-25 14:25:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani Qizil jar hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida boshqarma rahbariyati va Ixtisoslashtirilgan tabiatni tiklash batalyoni xodimlari tomonidan turli manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, mavjud yashil maydonlar parvarish qilindi. Ushbu tashabbus yurtimizda yashil hududlarni kengaytirish, sog‘lom ekologik muhit yaratish hamda yosh avlodda tabiatga mehr tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qiladi.



