Buxoro viloyati FVB tomonidan tungi profilaktik tadbirlar olib borildi
2025-11-22 12:20:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirlarda asosiy e'tibor tunda insonlar qoladigan maskanlarga qaratilib, unda fuqarolarga yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishini oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, isitish tizimlari ko‘zdan kechirilib, tunda mas'ul qolgan navbatchilarga tegishli tavsiyalar berildi.




