Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 6 gektar yer maydonida bog' yaratdi
2025-11-22 11:45:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan Navoiy viloyati Karmana tumani "Sardoba" mahallasi hududida joylashgan 6 gektar yer maydonidagi "Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bog'i"da “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jami 3000 dona tut va qayrag'och daraxtlari ko‘chatlari ekildi.
Ushbu tadbirga Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov start berdi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimi, viloyat FVB, viloyat IIB hamda qator tuzilmalar rahbarlari faol ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir hududni ko‘kalamzorlashtirish, sog‘lom ekologik muhitni yaratish va inson qalbida tabiatga mehr tuyg‘usini yanada oshirishga xizmat qiladi.



