Vatan taqdiri – mening taqdirimdir!
2025-11-21 21:30:00 / Yangiliklar
Bugun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibi o'rtasida shu mavzuda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi.

Kun davomida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan mavzu yuzasidan Oʻzbekiston qahramonlari, faxriylar va nuroniylar ishtirokida "Avlodlar uchrashuvi", taniqli sportchilar ishtirokida davra suhbatlari va master-klasslar tashkil etildi.
Shuningdek, yozuvchi va ijodkorlar ishtirokida adabiy kechalar, yangi asarlar taqdimoti o'tkazilib, harbiy xizmatchilar o'rtasida kitob mutolaasi targ'ib qilindi. Bu kabi tadbirlar xodimlarning ma'naviy yuksalishiga, ularda Vatanga muhabbat va kasbga sadoqat tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

