Hududlarda olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar
2025-11-21 10:35:00 / Yangiliklar
Andijon, Surxondaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlari FVB tomonidan talabalar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Ushbu tadbirlarda soha xodimlari tomonidan talabalar bilan davra suhbatlari, seminarlar hamda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, unda yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashining oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ijarada hamda talabalar yotoqxonasida yashovchi talabalarning turar joylari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar soha xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda.




