Kuz-qish mavsumida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani misolida
2025-11-21 09:35:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarligida hamkorlikdagi tashkilotlar xodimlaridan iborat tuzilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan G‘allaorol tumanida "Mahallabay" va "Xonadonbay" tamoyili asosida o‘tkazilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar davomida aholi yashash xonadonlarining yong‘inga qarshi holati o‘rganilmoqda hamda o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarning aksariyati joyida bartaraf etilmoqda.
Tadbirlar davomida aholi xonadonlari egalariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, yong‘in vaqtida to‘g‘ri harakatlanish hamda qo‘lbola elektr va gaz isitish moslamalaridan foydalanmaslik, elektr uskunalarini nazoratsiz qoldirmaslik, elektr tarmog‘iga bir vaqtning o‘zida ko‘plab elektr uskunalarini ulash tarmoqda ortiqcha yuklanishga va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkinligi hamda is gazidan saqlanish bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, aholi xonadonlarida gaz tarmog‘iga xavfsizlik talablariga zid ravishda ulanish holatlari aniqlanib, tegishli xizmatlar bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi barobarida bu kabi kamchiliklar kelgusida og‘ir oqibatlarga olib kelishi xususida fuqarolar ogohlikka chaqirildi.



