Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi
2025-11-20 13:15:00 / Yangiliklar

Mazkur hujjat mahallalarda favqulodda vaziyatlar profilaktikasini kuchaytirish, hududlarni xavf darajasiga ko‘ra “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish hamda yoshlar va aholining xavfsizlik tadbirlaridagi ishtirokini kengaytirishni ko‘zda tutadi.
Memorandum doirasida mahallalarda volontyorlardan iborat “Favqulodda vaziyatlar volontyori” guruhlari tashkil etiladi va “Biz birgamiz!” harakati amalga oshiriladi. Shuningdek, har bir mahallada davlat inspektorlari faoliyati uchun maxsus “Mahalla muhofazasi” xizmat xonalari tashkil etilib, mahalla yettiligi va faollari bilan hamkorlikda manzilli profilaktika tadbirlari yo‘lga qo‘yiladi.



