#Xalqaro_hamkorlik
2025-11-19 10:30:00 / Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi konsuli boshchiligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari Turkiya Respublikasi Istanbul shahar AFAD boshligʻi bilan ikki tomonlama muloqot oʻtkazdi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Turkiya AFAD oʻrtasida seysmik xavfsizlikni taʼminlashni tashkil etish sohasida hamkorlikning hozirgi holati hamda kelgusida rejalashtirilgan hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

