Samarqand viloyati FVB tomonidan bog‘chalarda muammoli-vaziyatli o‘yinlar va interfaol mashg‘ulotlar orqali profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
2025-11-18 17:00:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirlarda bolalarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, shuningdek, yong‘in sodir bo‘lganda xonani xavfsiz tark etish tartibi o‘rgatildi. Tadbirlarda bolalarning yoshiga mos o‘yinlar, viktorinalar va sahna ko‘rinishlari orqali xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tadbirlar orqali tarbiyalanuvchilarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsad qilingan.

