Korrupsiya – jamiyat tanasidagi saraton!
2025-11-18 15:15:00 / Yangiliklar
FVV Markaziy apparati mas'ul xodimlari tomonidan Buxoro viloyati FVBda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi holatlarining oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik, shuningdek korrupsiyaning zararli oqibatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Xizmat faoliyatida shaffoflik, adolat va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilish, harbiy xizmatchilarning kasbiy etika qoidalariga rioya etishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida mavzuga oid “Nadomat” nomli videofilm namoyish etildi. Unda real hayotiy misollar orqali korrupsiyaning og‘riqli oqibatlari va unga qarshi kurashning ahamiyati yanada ta’sirchan yoritib berildi.


