Rahbar va yoshlar: vatanparvarlik, fidoyilik va ibratli tajribalar uchrashuvi
2025-11-18 10:10:00 / Yangiliklar
Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari FVB boshliqlari tomonidan hududlarda yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbir davomida boshqarma boshliqlarining otaliqqa olingan yoshlar hamda tizimda xizmat olib borayotgan yosh harbiy xizmatchi va xizmatchilar bilan ochiq muloqoti tashkil etilib, ibratli hayotiy tajribalar, vatanparvarlik hamda kasbga sadoqat, fidoyilik orqali erishiladigan natijalar haqida oʻrtoqlashildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.









