Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Yangi g‘oyalar, yangi maqsadlar
2025-11-17 17:00:00 / Yangiliklar

Dastlab, boshqarma boshlig‘i viloyatda favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan to‘xtalib, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritib, o‘zlarining kasbiy bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, ularning takliflari tinglandi va ularga tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbirda, yoshlarni kasbga qiziqtirish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish maqsadida ijtimoiy rolik namoyish etildi.
Shuningdek, barkamol avlod bolalar maktabini yosh robototexnikalar yaratilgan yangi texnikalar bilan tanishib, rasm chizishda hamda tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi va kitoblar bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, talaba yoshlarga harbiy qism askarlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi tomonidan dastlabki yong‘in o‘chirish vositasidan foydalanish qoidasi bo‘yicha to‘liq tushuntirildi.
Tadbir so‘ngida yoshlar yongin qutqaruv avtomashinasi hamda undagi asbob-anjomlar bilan yaqindan tanishdilar.







