Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislari Fuqaro muhofazasi institutida
2025-11-17 15:05:00 / Yangiliklar

“Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi” doirasida Fuqaro muhofazasi instituti professor-o‘qituvchilari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti” tinglovchilari bilan favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish mavzusida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulot zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 3D trenajor simulyatorlarida real vaziyatga tenglashtirgan holda tashkil etildi. Bundan tashqari zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga amaliy tayyorlash trenajorida bilim va ko‘nikmalari oshirildi.



