FVV Markaziy apparati mas'ul xodimlari tomonidan Jizzax viloyati FVBda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi
2025-11-17 11:50:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi holatlarining oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik, shuningdek korrupsiyaning zararli oqibatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Xizmat faoliyatida shaffoflik, adolat va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilish, harbiy xizmatchilarning kasbiy etika qoidalariga rioya etishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shu bilan birga, diniy ekstremizm va aqidaparastlik kabi buzg‘unchi oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, onlayn qimor o‘yinlari kabi salbiy xatti-harakatlardan yiroq bo‘lish haqida ogohlantiruvchi ma’lumotlar ham yetkazildi.
Tadbir yakunida mavzuga oid “Nadomat” nomli videofilm namoyish etildi. Unda real hayotiy misollar orqali korrupsiyaning og‘riqli oqibatlari va unga qarshi kurashning ahamiyati yanada ta’sirchan yoritib berildi.

