Hududlarda keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda
2025-11-13 11:10:00 / Yangiliklar
FVV Akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlari FVB tomonidan qish mavsumini betalafot oʻtkazish yuzasidan kunu tun keng koʻlamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar davomida soha xodimlari “Mahallabay” va “Xonadonbay” tamoyili asosida aholi yashash xonadonlari, tunda insonlar qoladigan maskanlar, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarda fuqarolarga is gazidan zaharlanishni oldini olish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari boʻyicha tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, profilaktik tadbirlar jarayonida koʻrgazmali vositalar, buklet va eslatmalar tarqatilib, aholining xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tadbirlardan koʻzlangan maqsad aholini favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilishdan iborat.







