Navoiy shahar va Karmana tumanida hamkorlikdagi qo‘mondonlik o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda
2025-11-12 15:25:00 / Yangiliklar

Navoiy shahar va Karmana tumanida “Boshqaruv organlari, FVDqT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda.
Unda, tezkor xizmatlar tomonidan yo‘nalish bo‘yicha amaliy harakatlar bajariladi hamda ularning harakati mas'ullar tomonidan baholanadi. O‘quv mashg‘ulotlar hududidagi 21 ta o‘quv nuqtalarida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar 14-noyabrgacha davom etadi.








