Xorazm viloyati FVB harbiy xizmatchilari va xizmatchilari farzandlari uchun boshqarmada quvonchli va esda qolarli tadbir tashkil etildi
2025-11-12 14:55:00 / Yangiliklar

Tadbirda bolajonlar uchun Xorazm qo‘g‘irchoq teatri jamoasi mehmon bo‘lib, ularning sevimli qahramonlari ishtirokida qiziqarli va ibratli spektakl namoyish etildi.
Tadbir davomida bolalar kulgu, quvonch va zavqga to‘ldi. Teatr jamoasining mahoratli chiqishlari kichkintoylarda ijobiy tuyg‘ular, ezgulik va mehr-muruvvatga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.
Bunday tadbirlar xizmat burchini ado etayotgan harbiy xizmatchilar oilalarini qo‘llab-quvvatlash, bolajonlar kayfiyatini ko‘tarish va ularning ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.




