Termiz shahrida maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
2025-11-12 14:10:00 / Yangiliklar

Termiz shahar FV boʻlimi xodimlari tomonidan hududda joylashgan savdo kompleksida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Tadbir davomida tezkor xizmatlar tomonidan shartli ravishda yuzaga keltirilgan yongʻinni bartaraf etish, odamlarni qutqarish va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabi amaliy harakatlar bajarildi.
Mazkur mashgʻulotning asosiy maqsadi — yongʻin yoki boshqa favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga tezkor yordam koʻrsatish hamda tegishli xizmatlarning oʻzaro hamkorlikdagi harakatlarini sinovdan oʻtkazishdan iborat boʻldi.




