Navoiy viloyati FVB hamda Oʻzbekiston nogironlar jamiyati Navoiy viloyat boʻlimi hamkorligida imkoniyati cheklangan insonlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
2025-11-11 17:40:00 / Yangiliklar

3-dekabr “Xalqaro nogironlarni himoya qilish” kuni munosabati bilan Madaniyat markazida “Yaxshilik yoʻlida birlashaylik” mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbirda viloyatning barcha tuman-shaharlaridan tashrif buyurgan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj, imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirok etdi.
Ular tomonidan qoʻl mehnati bilan ishlangan bezak buyumlari, rasmlar, turli qoʻlda tayyorlangan sanʼat asarlari Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbar va xodimlariga, shu jumladan tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.
Tadbir soʻngida Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbaryati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalarga esdalik sovgʻlari topshirildi.


