Yurtimizda 13–14-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
2026-03-03 14:40:00 / Yangiliklar
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida bo'lib o'tadigan umumxalq xayriya hasharida mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish tadbirlari tashkil etiladi.
Hashar doirasida mahallalar, ko‘p qavatli uylar va hovlilar atrofi tartibga keltiriladi hamda ko‘chalar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, bolalar maydonchalari ta’mirlanishi, daraxtlarga ishlov berilib, yangi ko‘chatlar ekilishi, “Yashil makon” loyihasi doirasida hududlar ko‘kalamzorlashtirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashiladi.
Barcha yurtdoshlarimizni umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga, yurt obodligi, mahallalar ko'rki yo'lida o'z hissasini qo'shishga chorlaymiz!
