Yozyovon tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi
2026-02-28 11:35:00 / Yangiliklar

Ushbu tashabbus mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilib, hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi uchun sog‘lom yashash muhitini shakllantirishga qaratildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Hakimjon Dolimov so‘z olib, yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlarining salbiy ta’sirini kamaytirish va yashil hududlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi. Bu kabi ezgu tashabbuslar aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Nuroniylar ham yurt tinchligi, obodonchilik va bunyodkorlik ishlarining izchil davom etishiga tilak bildirdilar.
Tadbir davomida Qur’on tilovat qilinib, yurtga tinchlik-osoyishtalik, dehqonchilik va barcha ezgu ishlarga baraka so‘rab duolar qilindi.
Shundan so‘ng ko‘chat ekish ishlariga kirishildi.
Tadbir doirasida 1,5 gektar maydonda "yashil belbog‘" barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu hududga jami 2300 tup katalpa, chinor, yapon safurasi, siren kabi 7 turdagi manzarali va soya-salqin beruvchi daraxt ko‘chatlari ekiladi.









