Qo‘qonda professional sportchilar natijadorligi mustahkamlanadi
2026-02-26 20:20:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda shaharda 2 ta sport maktabi faoliyat yuritmoqda, ularda qariyb 60 nafar murabbiy 2600 nafardan ortiq yoshlarni mashg‘ulotlarga jalb etgan.
Viloyat rahbari respublika va xalqaro musobaqalarda qo‘qonlik sportchilar tomonidan qayd etilayotgan natijalar talab darajasida emasligini keskin tanqid qildi.
Hudud yoshlari barcha yo‘nalishlardagi musobaqalarda yetakchi o‘rinlarni egallashi, umidli sportchilar safini kengaytirish hamda sport to‘garaklari sonini ko‘paytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shu maqsadda mutasaddi rahbarlar ishtirokida aniq vazifalar va amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi "Qo‘qon-1912" jamoasining “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib, yangi mavsumga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Stadionda futbolchilar va muxlislar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani, yangi tribunalar hamda zamonaviy yoritish tizimi o‘rnatilgani qayd etildi.
Bu yerda viloyat hokimi mutasaddilar bilan Superliga bahslariga tayyorgarik ishlari haqida ham suhbatlashdi va oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.






