Farg‘onada tadbirkorlar va IT kompaniyalar o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-02-21 11:00:00 / Yangi texnologiyalardan foydalanishning dalillariga oid maʼlumotlar

Uchrashuvda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev, shuningdek, tegishli soha rahbarlari va mas’ullari qatnashdi.
Muloqotda tadbirkorlar muammolariga zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda samarali yechimlar ishlab chiqish, biznes jarayonlarini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar, xususan IT Park rezidentlari tomonidan mahalliy tadbirkorlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, raqamli yechimlarni amaliyotga joriy etish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar eshitilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Tadbir yakunida bunday ochiq muloqotlarni muntazam ravishda tashkil etish, hududlarda ham o‘tkazib borishga kelishib olindi.



