Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun turkiyalik investor Yerkan Alkan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
2026-02-19 18:40:00 / Yangiliklar

Turkiyalik sarmoyadorlar ishtirokida Farg‘ona viloyatida qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, bu esa hududning investisiyaviy jozibadorligi ortib borayotganidan dalolat ekanligi e’tirof etildi.
Viloyatda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, infratuzilmaning rivojlangani hamda mahalliy xomashyo bazasining mavjudligi xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar ochmoqda.
Viloyat hokimi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, investorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuvda o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, aniq yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni amaliy bosqichiga o‘tish chora-tadbirlari kelishib olindi.



