Sport sohasida katta marralar va natijalar ko‘zlanmoqda
2026-02-19 17:30:00 / Yangiliklar

Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sport vaziri Adham Ikramov, viloyatdagi sport sohasi mas’ullari, sportchilar hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Dastlab o‘tgan yil davomida xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishgan viloyat sportchilari munosib taqdirlandi.
Yurtimiz va Farg‘onaning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirishga hissa qo‘shgan sportchilarga pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, Sport vaziri Adham Ikramov viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishonini tantanali topshirdi.
Shundan so‘ng davom etgan yig‘ilish davomida 2025 yilda viloyatda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sport harakatini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident olimpiadasi” kabi yirik sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish, ular qamrovini kengaytirish hamda iqtidorli yoshlarni saralash tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda sport sohasini raqamlashtirish, yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, sportchilar va murabbiylar faoliyatini monitoring qilish tizimini yanada takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi.
Bu borada zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish muhim vazifa sifatida belgilandi.
Yakunda belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali ta’minlash, hududda sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda ommaviy sport harakatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.









