Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun MDH Qattiq yoqilg‘i-energetika kompleksi bo‘yicha hamkorlik kengashi Ijro qo‘mitasi raisi Gennadiy Bessonov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
2026-02-19 16:25:00 / Yangiliklar

Muloqotda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik yuqori darajada rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakatimizda, jumladan Farg‘ona viloyatida qator qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilgani hamda investorlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar, infratuzilma mavjudligi qayd etildi.
Taqdimot zamonaviy kimyo vositalari ishlab chiqarish loyihasi haqida so‘z yuritildi. Unda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish texnologiyalari, uni sifatli saqlash tartiblari, eksport imkoniyatlari hamda malakali mutaxassislar tayyorlash masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Viloyat hokimi istiqbolli loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida aniq reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish zarurligi ta’kidlanib, hamkorlik yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.






