Qo‘qon shahrida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Jiangsu Tonke Real Estate Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti Yan Bo va uning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.
2025-12-05 17:45:00 / Yangiliklar

Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.
Viloyat rahbari bilan uchrashuvda kompaniya vakillari Farg‘onada qurilish yo‘nalishidagi loyihalarga katta qiziqish bildirdilar va sarmoya kiritish niyatida ekanliklarini ta’kidladilar.
Shundan kelib chiqib, viloyat rahbari Farg‘onada ko‘p qavatli, eng zamonaviy hamda barcha qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lgan majmualar qurilishi zarurligini qayd etdi. Farg‘ona shahridagi Ekoshahar bilan tanishish va bu yerdagi o‘z loyihalarini amalga oshirish taklif qilindi.
Ishlarni tizimli olib borish va aniq loyiha va reja asosida jarayonlarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.


